Iqtisodiyot

Kartadan pul o‘tkazmalarining 46 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan tranzaksiyalar – Markaziy bank

Published

on


2025 yilda barcha tranzaksiyalarning 46,1 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘tkazmalar bo‘lgan. 1–5 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalarning ulushi 16,8 foiz, 5–10 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalarning ulushi esa 8,6 foizni tashkil etgan. “O‘tgan yil davomida karta orqali o‘tkazmalar asosan kundalik hisob-kitoblar va o‘zaro to‘lovlar uchun ishlatilgan”, deyiladi Markaziy bank izohida.

Foto: Kun.uz / Ulug‘bek Ergashev

Markaziy bank 2025 yildagi P2P o‘tkazmalari bo‘yicha tahliliy statistik raqamlarni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yil davomida karta orqali o‘tkazmalar asosan kundalik hisob-kitoblar va o‘zaro to‘lovlar uchun ishlatilgan.

Barcha tranzaksiyalarning 46,1 foizi 1 mln so‘mgacha bo‘lgan o‘tkazmalardan iborat — ya’ni yil davomida amalga oshirilgan har ikkinchi o‘tkazma kichik summaga to‘g‘ri keladi. 1–5 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 16,8 foiz, 5–10 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar esa 8,6 foizni tashkil etgan.

Shuningdek, 10 mln so‘mdan 50 mln so‘mgacha bo‘lgan P2P o‘tkazmalarining ulushi — 18,3 foiz, 50−100 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 5,4 foiz, 100−200 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 3,2 foiz, 200−500 mln so‘m oralig‘idagi o‘tkazmalar 1,4 foiz bo‘lgan. Jami operatsiyalarning 0,2 foizi 500 mln so‘mdan ortiq o‘tkazmalarga to‘g‘ri keladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version