Dunyodan

Karnining shov-shuvli nutqidan keyin Tramp Kanadaning Tinchlik kengashiga taklifini qaytarib oldi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadaning Tinchlik kengashiga taklifini rasman bekor qildi. Bu haqda u “Truth Social” ijtimoiy tarmog‘ida yozgan.

“Hurmatli Bosh vazir Karni! Ushbu maktub sizga Tinchlik kengashi Kanadaga taklifini qaytarib olgani haqida xabar beradi. Bu kengash tarixdagi eng nufuzli yetakchilik kengashiga aylanadi”, deb yozgan Tramp.

Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Donald Tramp 20 ga yaqin davlat, asosan, Yaqin Sharq va Janubiy Amerika davlatlari rahbarlari ishtirokida ishga tushirilgan Tinchlik kengashi Nizomini imzolagan edi. Aytilishicha, bu yangi xalqaro tuzilma aslida Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘rniga yaratilmoqda. Rossiya, Ukraina va Belarus ham Kengashga a’zo bo’lishga taklif qilingan, Belarus allaqachon taklifni qabul qilgan.

Ikki kun avval Kanada Bosh vaziri Mark Karni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zlab, dunyo “o‘tish davri emas, balki tanazzul holatida” ekanini aytdi.

“Buyuk davlatlar iqtisodiy integratsiyani qurol sifatida ishlatib, tariflarni bosim vositasiga, moliyaviy infratuzilmani majburlash mexanizmlariga, ta’minot zanjirlarini esa o’z manfaati yo’lida foydalanish mumkin bo’lgan zaif tomonlarga aylantirmoqda”, – deydi u.

U “oraliq davlatlar” o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun birlashishi kerakligini ta’kidlab, qudratli davlatlar bilan muvozanatni saqlash zarurligini bildirdi. Janob Karni, shuningdek, Kanada Grenlandiya, Daniya va NATO ittifoqini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version