Dunyodan
kamida 10 kishi halok bo’ldi
Livan sharqidagi Bekaa vodiysida Isroil havo hujumi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 50 kishi yaralandi, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.
Agentlikning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida Hizbullohning yuqori martabali amaldori ham bor.
20-fevralga o‘tar kechasi Isroil mudofaa kuchlari (IDF) Hizbulloh qarorgohiga hujum uyushtirilganini e’lon qildi. Isroilga ko‘ra, bu shtab-kvartirada harakat go‘yoki Isroil kuchlariga qarshi teraktlar tayyorlagan.
2024 yilning noyabrida Isroil va Hizbulloh oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishuvga erishdilar, harakat hujumlarda ishlatilishi mumkin boʻlgan infratuzilmani qayta qurmaslikka kelishib oldi.
Reuters agentligining xabar berishicha, Isroilning 20 fevral kuni Livanga qilgan hujumi so‘nggi haftalardagi eng qonli hujum bo‘lib, “mo‘rt sulhni sinovdan o‘tkazmoqda”.