Dunyodan
Kaliforniyadagi Jahon chempionati muxlislar zonasi yaqinida sodir bo’lgan otishmada bir kishi halok bo’ldi
AQShning Kaliforniya shtatida jahon chempionati muxlislari yig‘iladigan fan-zonasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi, natijada bir kishi halok bo‘ldi, yana biri og‘ir yaralandi.
San-Xose politsiyasi voqea San-Pedro Plazada sodir bo’lganini aytdi. Bu hudud San-Fransisko ko’rfazi atrofidagi asosiy joylardan biri bo’lib, u erda jahon chempionati o’yinlari katta ekranlarda namoyish etiladi.
Biroq politsiyaning ta’kidlashicha, otishma vaqtida hududda futbol o‘yinlari translyatsiya qilinmagan.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, qurbonlardan biri voqea joyida vafot etgan. Ikkinchi fuqaro hayoti uchun xavfli holatda kasalxonaga yetkazilgan.
Huquq-tartibot organlari hodisani qotillik sifatida tekshirmoqda. Voqea joyi atrofidagi bir qancha ko‘chalar vaqtincha yopilgan.
Hozircha gumonlanuvchi yoki otishma sabablari haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.