Mahalliy

Joriy yilda to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi

Published

on


Joriy yilda to‘lov-kontrakt summalari oshirilmaydi. Ta’lim xabarlarini yoritib boruvchi bloger Xushnud Xudoyberdiyev bu masalada Oliy ta’lim vazirligi rasmiylari bog‘langani va ular bu ma’lumotni tasdiqlagani haqida yozmoqda.

«Tez orada talabalar uchun yangi o‘quv yiliga onlayn shartnoma olish boshlanadi, shartnomada o‘tgan yili tasdiqlangan summalar aks etadi», – deb yozadi bloger.

Ma’lumot uchun, o‘tgan o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktlar miqdori borasida Davlat qabul komissiyasining tegishli qarori qabul qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy ta’lim muassasalari belgilangan tartibga muvofiq talabalar uchun to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash huquqiga ega. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version