Jamiyat
Jizzaxda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Matiz haydovchisi halok bo‘ldi
Matiz haydovchisi harakat paytida uxlab qolgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida mashina yo‘lning qayrilib olish joyidan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Jizzaxda inson o‘limi bilan bog‘liq YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, YTH bugun, 13 mart kuni soat 6:50 larda xalqaro ahamiyatga ega M-39 avtomobil yo‘lining Sharof Rashidov tumani hududidan o‘tgan 980-kilometrida sodir bo‘lgan.
“Samarqand-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Matiz mashinasi haydovchisi boshqaruv paytida uxlab qolgan. Buning oqibatida mashina yo‘lning qayrilib olish joyidan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan hamda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Matiz haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Oldinroq Boysunda YTH oqibatida 8 yoshli qiz halok bo‘lgani xabar qilingandi.