Jamiyat

Jizzaxda ota turmush o‘rtog‘i va farzandlariga zo‘ravonlik qildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda oila a’zolari ko‘z o‘ngida ayolini kaltaklagan ota videosi tarqaldi. Bolalar ombudsmani va boshqa mutasaddi idoralar holatni tekshirmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatida yashovchi bir erkak xotinini kaltaklayotgan videoyozuv tarqaldi. Videodan voqea farzandlarining ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotgani, holatni farzandi tasvirga olganini taxmin qilish mumkin.

Bolalar ombudsmani, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Ichki ishlar vazirligi holat yuzasidan birgalikda tekshiruv o‘tkazmoqda.

Ombudsman axborotiga ko‘ra, oilaviy nizo oqibatida ota 2 nafar farzandiga ham jismoniy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etgan.

Qayd etilishicha, otaning harakatlariga huquqiy baho beriladi va unga nisbatan qat’iy chora ko‘riladi. Shuningdek, bolalar xavfsiz muhitga joylashtirilib, ularga psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.

Mutasaddi idoralar holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishini ma’lum qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version