Jamiyat

Jizzaxda «Matiz» yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Published

on


«Matiz» o‘z oldidagi avtomobilni quvib o‘tish uchun qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan, lekin ro‘paradan kelayotgan «Zil-130» bilan to‘qnashgan. Yengil mashina salonidagi uch kishi voqea joyida halok bo‘lgan.

Foto: IIV YHXX matbuot xizmati

23 noyabr kuni Jizzax shahrida uch kishi o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Ichki ishlar vazirligi YHXX ma’lumotiga ko‘ra, fojia soat 08:10 larda Jizzax shahri «Amir Temur» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan D-050 «Jizzax–G‘allaorol» avtomobil yo‘lida ro‘y bergan.

Ma’lum qilinishicha, «Matiz» rusumli avtomobil o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan boshqa bir avtomobilni quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan, lekin ro‘paradan kelayotgan «Zil-130» rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida «Matiz» haydovchisi hamda ikki yo‘lovchisi olingan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘lgan.

Tezkor tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version