Jamiyat

Jizzaxda ikki tuman hokimi jazolandi

Published

on


Do‘stlik va Mirzacho‘l tumani hokimlari jazolandi. OAVda viloyat hokimi Ulug‘bek Mustafoyevning farmoyishi tafsilotlari e’lon qilindi. 

Unga ko‘ra, hokimlar Shavkat Darvishev va Botirjon Mirzaqulovga o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi belgilandi. 

Jazo xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish hamda eksport ko‘rsatkichlarini ta’minlashda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, bu kabi salbiy holatlarning qayta takrorlanmasligi hamda ushbu masalalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish maqsadida qo‘llanilgan. 

Avvalroq DXX tadbirida Ohangaronda hokimlik xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga tushgani ma’lum bo‘lgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version