Jamiyat

Jizzaxda firibgarlik bilan bog‘liq holat fosh etildi

Published

on


Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi ikkita MChJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni tanishlari yordamida kamaytirib berishni va’da qilib, 500 dollar olgan.

Jizzax viloyati Qo‘riqlash boshqarmasining Jizzax shahar bo‘limi nazoratchisi ta’lim va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalariga ixtisoslashgan ikkita MChJ faoliyatida yuzaga kelgan soliq qarzdorligi va jarimalarni o‘zining tanishlari yordamida kamaytirib berish evaziga 500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, u “xolis xizmat”ni joriy yilning iyun oyiga qadar soliq tizimida inspektor lavozimida ishlagan tanishi orqali hal qilib berishi kerakligi aniqlanib, mazkur shaxs ham protsessual tartibda ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version