Jamiyat

Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

Published

on


Avvalroq, 8 nafar qiz kelin ko‘ylak kiyib, shahar ko‘chalarida «er kerak» yozuvli plakatni ko‘tarib yurgan edi.

Jizzax shahrida 8 nafar qiz kelin ko‘ylak kiyib, «er kerak» yozuvli plakatni ko‘tarib yurishini tashkil qilganlar jazolandi. Bu haqda Millar dasturida xabar berildi.

Qayd qilinishicha, qizlar kelin ko‘ylak salonini reklama qilish maqsadida shu ishga qo‘l urgan. Bu harakatlar kelin ko‘ylak saloni rahbari va mahalliy bloger tomonidan tashkil qilingan va reklama videoroligi tayyorlangan.

Sudda salon rahbari hamda bloger huquqbuzar deb topilgan. Har ikkalasiga eng kam ish haqining 15 baravari (5,6 mln so‘m) miqdorida jarima tayinlangan. Ularning qaysi modda bo‘yicha jazolangani ma’lum qilinmadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version