Jamiyat

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dori savdosiga chek qo‘yildi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qonunga zid ravishda dori vositalarini sotish bilan shug‘ullangan shaxslar fosh etildi.

Jizzax shahrida 1993 yilda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro hujjatsiz 400 dona MISOPROSTOL tabletkasi va boshqa dori vositalarini 5 000 AQSh dollariga sotish chog‘ida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tadbir davomida ularga tegishli fitnes-klubda yashirin sex aniqlanib, qo‘lbola usulda dori qadoqlash va sotuvga tayyorlash ishlari amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Tsexdan 1 ta qadoqlash uskunasi, 1 000 dan ortiq soxta galogramma va shtrix kodlar, bo‘sh kapsulalar hamda tayyor mahsulotlar musodara qilindi.

Samarqand shahrida esa 1998 yilda tug‘ilgan MChJ menejeri psixotrop moddalar mavjud bo‘lgan 9 800 dona dori vositasini shartli xaridorga 25 mln so‘mga sotish paytida ushlandi.

Har ikki holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version