Iqtisodiyot

Jismoniy shaxslar turli banklarda ochilgan kartalari o‘rtasida komissiyasiz pul o‘tkaza oladi

Published

on


O‘zbekistonda jismoniy shaxslar o‘ziga tegishli bank kartalari o‘rtasida – bu kartalar turlicha banklarda ochilgan bo‘lsa ham – bepul (komissiyasiz) pul o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. Kafe-restoranlar hamda benzin va gaz quyish shoxobchalari bergan cheklar bo‘yicha keshbek tezkor tarzda qaytariladi. Prezident huzuridagi taqdimotda shunday takliflar ilgari surildi.

O‘zbekistonda 1 apreldan boshlab bir qator tovar va xizmatlar uchun faqat naqdsiz shaklda to‘lov qilishga o‘tilgan edi. 5 may kuni prezident Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda shu yangi tartibga bog‘liq ravishda qator takliflar ilgari surildi.

Jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz to‘lovlarning aholi uchun qulay shakllarini ko‘paytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilg‘i sotish sohalarida xarid cheki bo‘yicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etildi.

Bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan antifrod SMS-xabarnomalar bo‘yicha xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish, mobil ilovalardagi xabarnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlardan foydalanish taklif qilindi.

“Davlatimiz rahbari raqamlashtirish jarayonlarini biznesga qo‘shimcha yuk emas, qulaylik yaratadigan vositaga aylantirish zarurligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version