Jamiyat

Jennifer Lopesning konserti sabab Toshkentning ayrim ko‘chalari yopiladi (xarita)

Published

on


7-avgust, payshanba kuni soat 19:00 da Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan (Milliy) «Bunyodkor» stadionida jahon estrada yulduzi Jennifer Lopesning konserti bo‘lib o‘tishi munosabati bilan ayrim ko‘chalarda soat 12:00 dan 23:00 gacha avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. 

Ular:


Cho‘pon ota – Qatortol ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘pon ota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘pon ota va Chilonzor ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qism;
Chilonzor – Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor – KXAY ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qism;
Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan Cho‘pon ota ko‘chasigacha bo‘lgan qism.

Poytaxt IIBB YHXB haydovchilardan harakatlanish uchun aylanma va yondosh ko‘chalardan foydalanishni so‘ramoqda.

 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version