Sport

JCh-2026. O‘zbekiston ikkinchi turda Portugaliyaga yirik hisobda yutqazdi

Published

on


Milliy jamoa Yevropaning nomdor vakiliga jiddiy qarshilik ko‘rsata olmadi. Krishtianu Ronaldu o‘yinda ikkita gol urdi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida 23 iyun kuni K guruhining 2-tur o‘yini o‘tkazildi.

O‘zbekiston milliy jamoasi Hyuston shahrida Portugaliya bilan o‘ynadi va yirik hisobda yutqazdi.

6-daqiqada Krishtianu Ronaldu himoyachilar xatosidan unumli foydalanib, O‘zbekiston milliy jamoasi darvozasini ishg‘ol qildi. 17 daqiqada Nunu Mendesh jarima zarbasini aniq ijro qilib, jamoasining ikkinchi golini urdi.

29-daqiqada Aziz G‘aniyev uzoq masofadan kuchli zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. Biroq, unga to‘p kelib tushishidan oldin Abbos Fayzullayev qoida buzgani tufayli, bosh hakam VAR tekshiruvidan so‘ng golni bekor qildi.

39 daqiqada Krishtianu Ronaldu darvozabon bilan deyarli yuzma-yuz chiqib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limda vaziyat o‘zgarmadi. Portugaliya katta ustunlik bilan hujum qildi. 60 daqiqada burchak zarbasidan keyin Abduvohid Ne’matov to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. 87-daqiqada Leao jamoasining beshinchi golini urdi.

Bu natijadan so‘ng Portugaliya 4 ochko jamg‘ardi, O‘zbekiston hisobida ochko yo‘q. Milliy jamoa guruhdagi so‘nggi o‘yinni 28 iyun kuni Kongo DR milliy jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

JCh-2026, K guruhi, 3-tur

Hyuston (AQSh), 23 iyun

PORTUGALIYa – O‘ZBeKISTON 5:0

Gollar: Krishtianu Ronaldu (6, 39), Nunu Mendesh (17), Abduvohid Ne’matov (60 avtogol), Rafael Leao (87)

PORTUGALIYa: Diogu Koshta, Ruben Diash, Krishtianu Ronaldu, Brunu Fernandesh, Joau Felish (Fransishku Trinkau, 63), Renatu Veyga, Joau Nevesh (Bernardu Silva, 76),  Pedru Netu (Fransishku Konseysau, 46), Joau Kanselu (Mateush Nunesh, 46), Vitinya (Rafael Leao 83), Nunu Mendesh.

O‘ZBeKISTON: Abduvohid Ne’matov, Abduqodir Husanov, Rustam Ashurmatov, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov (Akmal Mozgovoy, 46), Sherzod Nasrullayev (Hojiakbar Alijonov, 46), Eldor Shomurodov, Abdulla Abdullayev, Aziz G‘aniyev, Abbosbek Fayzullayev (Igor Sergeyev, 73), Behruz Karimov.

Ogohlantirishlar: Odil Hamrobekov (14), Renatu Veyga (68)



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version