Dunyodan
Jazoir Fransiyadan uzr va tovon pulini talab qilmoqda
Jazoir parlamenti 1830-1962 yillardagi frantsuz mustamlakachiligini jinoiy deb topdi. Qabul qilingan qonunga ko’ra, bosqinni maqtash taqiqlanadi va Frantsiya xalq oldida kechirim so’rashi va tovon to’lashi shart.
Jazoir 130 yildan ortiq frantsuz mustamlakasi edi. Mamlakat 1962 yilda milliy ozodlik urushi natijasida mustaqillikka erishdi. Shu bilan birga, Frantsiya 1966 yilgacha Jazoir hududida yadro sinovlarini davom ettirdi.