Siyosat
Jazoir elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunladi
Siyosat | 21:29
81
1 daqiqa o’qish
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Jazoirning favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Irki bilan uchrashdi.
Foto: Telegram/baxtiyor_saidov
Uchrashuvda TIV rahbari elchining O‘zbekiston va Jazoir o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va kengaytirish borasidagi sa’y-harakatlari uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. Baxtiyor Saidov, shuningdek, ishdan ketayotgan diplomatga kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.
Muhammad Irki Jazoirning Toshkentdagi diplomatik missiyasini 2024-yilning yanvaridan boshlab boshqarib keladi va o‘shanda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxasini rasman topshirgan.
Yaqinda Mansurbek Kirichev O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.