Jamiyat

Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz

Published

on


O‘tgan hafta O‘zbekistonning ayrim hududlarida meteorologik rekordlarni yangilagan anomal issiqlar o‘rnini bu hafta salqin ob-havo egallaydi, nabotot va hayvonot yengil tortadi. Kun.uz’da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Kelayotgan 10 kunlikda O‘zbekiston ob-havosini uchta havo oqimi belgilab beradi: ular ikkita antitsiklonning chekka qismlari va bitta past bosimli kichik jazirama ulashuvchi havo oqimlaridir.

Avvaliga ikki kunlik salqin, so‘ng 4 kunlik jazirama, uning ortidan yana biroz salqinroq ob-havo muhiti hukm suradi. Bu holatlar o‘tgan haftada kuzatilgan anomal issiqlik to‘lqinini takrorlamaydi. Qishloq xo‘jaligi yer maydonlariga katta stresslar keltirmaydi.

Joriy anomal issiqlik to‘lqini 4 iyul kuni Navoiyning Mashiquduq kuzatuv stansiyasida +47 daraja, Buxoroning cho‘l stansiyalarida +46 darajadan yuqori havo harorati qiymatlarini taqdim etdi. O‘zgidrometning ayrim kuzatuv stansiyalarida ehtimoliy tarixiy rekord qiymatlar yangilandi.

2-5 iyul kunlari respublika hududlarida kuzatilgan anomal issiqlik to‘lqini respublikaning turli viloyat qishloq xo‘jaligi ekin maydonlariga turli ko‘rinishda zarar keltirdi. Xususan, bog‘dorchilik va paxtachilik yo‘nalishida ayrim tumanlarda hosildorlikka 30-40 foizgacha turli ko‘rinishdagi zarar yetashi mumkin. Ayniqsa, voha hududlari, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyati hududlaridagi ayrim mevali daraxtlar va paxta hosiliga ziyon yetgan bo‘lishi mumkin.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version