Dunyodan

Janubiy Koreyaning sobiq “birinchi xonimi” qattiqroq jazolanadi

Published

on


Janubiy Koreyaning apellyatsiya sudi sobiq birinchi xonim Kim Gong Xiga chiqarilgan hukmni qayta ko‘rib chiqdi. U aksiyalar narxini manipulyatsiya qilish va poraxo‘rlikda ayblangan.

Yanvar oyida u 20 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan bo’lsa, bu safar jazo muddati to’rt yilga oshirildi. AFP axborot agentligi xabariga ko‘ra, u, shuningdek, 50 million von (taxminan 34 ming dollar) miqdorida jarimaga tortilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko’ra, Kim avtomobillar sotuvidagi aksiyalar narxini manipulyatsiya qilish orqali 810 million von (564 ming dollar) ishlab topgan. U shuningdek, saylovoldi tashviqotini moliyalashtirish qonunlarini buzganlikda ayblangan.

Kimning turmush o‘rtog‘i, sobiq prezident Yun Sek Yol yanvar oyida hibsga olishga to‘sqinlik qilgani uchun besh yilga qamalgan edi.

Sobiq davlat rahbari hozirda to‘rtta ish bo‘yicha sudlanmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version