Dunyodan
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 7 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sek Yolning rafiqasi dabdabali sovg‘alar ko‘rinishida pora olgani uchun yetti yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi Mirror nashri.
Sud qaroriga ko‘ra, u masalani hal qilish evaziga tadbirkorlar va amaldorlardan 290 million von (taxminan 190 ming AQSh dollari) miqdorida sovg‘alar olgan.
Kim Kun Xi Dior va Chanel sumkalari va qimmatbaho taqinchoqlar kabi sovg’alar oldi.
Joriy yilning fevral oyida sud sobiq prezident Yun Seok-Yolni davlat to‘ntarishiga urinishda boshchilik qilganlikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.