Dunyodan
Janubiy Koreyadagi yong‘inda 50 yoshli o‘zbekistonlik bedarak yo‘qoldi
Janubiy Koreyaning Shimoliy Chungcheong provinsiyasidagi maishiy buyumlar ishlab chiqaruvchi zavodda yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in noma’lum sabablarga ko‘ra 30-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:56 da sodir bo‘lgan va tezda yonma-yon joylashgan zavod hududiga o‘tgan.
Yong‘in vaqtida kompaniyada ishlagan 83 nafar xodimdan 81 nafari xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Biroq Nepal fuqarosi bo‘lgan 20 yoshli ishchi va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 50 yoshli ishchi bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Ular yo’qolgan deb hisoblanadi.
Bu nam salfetkalar, bolalar tagliklari va hokazolarni ishlab chiqaradigan zavod. Kompaniyada hech qanday xavfli kimyoviy moddalar va portlovchi moddalar saqlanmagani xabar qilingan.
Yong‘in xavfsizligi xodimlari hodisa yuzasidan ikkinchi darajali favqulodda holat e’lon qildi. Yong‘inni o‘chirishga 105 nafar o‘t o‘chiruvchi, 56 ta texnika va to‘rtta vertolyot jalb qilingan.
Kuchli shamol uchqunlarning taxminan 500 metr uzoqlikdagi yaqin tog‘ yonbag‘ridagi o‘rmonzor hududiga tarqalishiga sabab bo‘lgan, biroq yong‘in keyinroq o‘chirilgan.
Yong’in o’chirilgandan so’ng qutqaruv guruhlari yong’in sabablari va moddiy zarar miqdorini aniqlash uchun tekshiruv o’tkazadi.