Dunyodan
Janubiy Koreya Ukrainada asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini qabul qildi
Janubiy Koreya Ukrainada Rossiya tomonida jang qilgan va asirga olingan barcha Shimoliy Koreya askarlarini qabul qilishga tayyorligini ma’lum qildi. Reuters agentligining xabar berishicha, bu haqda Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, Janubiy Koreya hukumati shimoliy koreyalik harbiy asirlarning Rossiya yoki Shimoliy Koreyaga ularning xohishiga qarshi vataniga qaytarilishiga qarshi.
Avvalroq vazirlik matbuot kotibi Li Chje Von Janubiy Koreya konstitutsiyasiga ko‘ra, butun Koreya yarim oroli milliy hudud hisoblanadi va shuning uchun yarim orolda yashovchi barcha aholi Koreya Respublikasi fuqarosi sifatida tan olinishini ma’lum qilgandi.