Dunyodan
Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligining minglab xodimlari haqidagi ma’lumotlar sizdirildi
Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligining 10 ming xodimi haqidagi maʼlumotlar oshkor qilingani aytilmoqda.
Koreya Diplomatik Akademiyasining (KNDA) onlayn taʼlim tizimi kiberhujumga uchragani, 10 mingga yaqin xodimning, jumladan, amaldagi va sobiq diplomatlarning shaxsiy maʼlumotlari oshkor qilingan boʻlishi mumkinligi maʼlum qilingan edi.
Yonhap News xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligining anonim vakili onlayn ta’lim tizimi 2026-yil fevralida shubhali kirish hodisasi aniqlanganidan keyin darhol yopilganini aytdi.
Vakilning soʻzlariga koʻra, kiberhujum natijasida amaldagi va sobiq diplomatlar hamda boshqa xodimlar haqidagi maʼlumotlar buzilgan boʻlishi mumkin. Hujum qilgan shaxs hozircha aniqlanmagan. Ayni paytda identifikatorlar, mobil telefon raqamlari yoki uy manzillari kabi maxfiy shaxsiy ma’lumotlar o’g’irlangani haqida hech qanday dalil yo’q.
Shu bilan birga, rasmiylar kiberhujum uchun mas’ul shaxs yoki guruhni aniqlash uchun yetarli texnik imkoniyatlarga ega emasliklarini aytishdi. Tashqi ishlar vazirligi vakili, “Biz xorijlik xakerlar guruhining aloqador boʻlganini istisno qilmadik. Biz bu vaziyatni milliy xavfsizlik masalasi sifatida baholaymiz” dedi.
Hozirda ushbu kiberhujum yuzasidan tergov olib borilmoqda.