Dunyodan
Janubiy Koreya prezidenti Shimoliy Koreyadan kechirim so‘radi
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon Shimoliy Koreya hududiga fuqarolik dronini uchirgani uchun uzr so‘radi. Bu haqda Yonhap News xabar berdi.
“Hukumat buni qilmagan boʻlsa-da, biz Shimoliy Koreyadan boshqalarning ehtiyotsiz harakatlari tufayli keraksiz harbiy keskinlikni keltirib chiqarganimiz uchun uzr soʻraymiz”, – dedi siyosatchi. Uning aytishicha, bunday provokatsiyalarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.
Yanvar oyi boshida Shimoliy Koreya 27-sentabr va 4-yanvar kunlari Janubiy Koreyaning uchuvchisiz uchoqlari uning havo hududini buzganini maʼlum qildi, deb xabar beradi “TASS” axborot agentligi. Janubiy Koreya harbiylari uchirilishga aloqadorligini rad etib, rasmiylar esa tinch aholi ishtirokida gumon qilinib, tergov boshlagan.
E’tiborlisi, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 15-Oliy xalq assambleyasining birinchi sessiyasidagi nutqida Janubiy Koreyani “dushman mamlakat” deb tilga olgan edi.