Sport

Jahon chempionati qur’asi sanasi va joyi ma’lum bo‘ldi

Published

on


FIFA 2026 yilda AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladigan jahon chempionati qur’asi sanasi va joyini belgiladi.

Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining qur’a tashlash marosimi sanasi va joyi belgilandi. Xalqaro futbol assotsiatsiyasi (FIFA) xabariga ko‘ra, tadbir shu yil 5 dekabr kuni Vashington shahridagi Kennedi markazida bo‘lib o‘tadi.

«Jahon chempionati tarixidagi eng yirik va eng ko‘p kutilgan qur’a marosimini AQSh madaniy yuragi bo‘lgan Kennedi markazida o‘tkazish biz uchun sharafdir. Bu — turnirga tayyorgarlikdagi muhim bosqichi bo‘lib, 2026 yilgi eng yirik sport tadbiriga tayyorgarlikning asosiy voqealaridan biri hisoblanadi. Jamoa delegatsiyalari, hamkorlarimiz, OAV vakillari va eng muhimi, 16 ta mezbon shahar muxlislarini AQSh poytaxtida kutib olishga intizormiz», dedi FIFA prezidenti Janni Infantino.

2026 yilgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkaziladi. Unda 48 ta milliy jamoa, jumladan, O‘zbekiston ham ishtirok etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version