Jamiyat

Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni maʼqulladi

Published

on


Jahon banki Özbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş uçun 800 mln dollarlik moliyalaştiriş paketini maʼqulladi.

Islohotlar yuqori haq tölanadigan iş örinlarini köpaytiriş, xususiy sektor rolini kengaytiriş, ekologik barqaror va inklyuziv iqtisodiyotni şakllantirişga qaratilgan.

Moliyalaştiriş paketi doirasida ijtimoiy suğurta, jumladan, homiladorlik va tuğiş hamda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik böyiça nafaqalar qamrovini kengaytiriş, xavfsiz mehnat şaroitlarini taʼminlaş mexanizmlarini mustahkamlaş nazarda tutilgan.

Şuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi va oilalarga körsatiladigan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida ijtimoiy xodimlarning kasbiy malakasi oşiriladi.

Keng polosali internetdan foydalanuvçilar sonini yana 500 ming nafarga oşiriş rejalaştirilgan bölib, ularning 250 ming nafarini xotin-qizlar taşkil etadi. Fermerlarning 35 foizini qişloq xöjaligi suğurtasi bilan qamrab oliş ham közda tutilgan.

Energetika sohasida elektr energiyasi isteʼmolçilarining 15 foiziga xususiy operatorlar boşqaruvidagi taqsimlaş tarmoqlari orqali xizmat körsatiş, energiya samaradorligini oşirişga 10 mln dollarlik xususiy investitsiya jalb qiliş hamda taqsimlangan qayta tiklanuvçi energiya quvvatini 3 ming megavattga yetkaziş maqsad qilingan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version