Iqtisodiyot

Iyun oyida cheklari eng ko‘p o‘tkazilgan korxonalar ma’lum qilindi

Published

on


Soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyun oyida xarid cheklari «Soliq» mobil ilovasi orqali eng ko‘p ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalarning TOP-20 reytingi e’lon qilindi.

Reytingda birinchi o‘rinni 6 mln 752 mingta chek bilan «Anglesey Food» MChJ XK (Korzinka) egalladi. Ushbu cheklar bo‘yicha 8 mlrd 794 mln so‘m keshbek summasi qayd etilgan.

«Xalq Retail» MChJ (Olma) 2 mln 792 mingta chek va 1 mlrd 227 mln so‘m keshbek, «Havas Food» MChJ QK (Havas) esa 2 mln 462 mingta chek va 1 mlrd 238 mln so‘m keshbek qayd etdi.

Keyingi o‘rinlarni «Madina-Qandolat» MChJ (Safia) — 683 mingta, 5. «Darvoza Savdo» MChJ (Makro) — 492 mingta chek bilan band etgan.

Shuningdek, «International Foodchain» MChJ (KFC) — 379 mingta chek, 414 mln so‘m keshbek, «MAK FOOD SERVIS» MChJ (EVOS) — 366 mingta, 281 mln so‘m, «Oqtepa-Food-Service» MChJ (Oqtepa Lavash) — 219 mingta chek qayd etgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version