Mahalliy
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi
Prezidentning tegishli qarori bilan Shakirova Sevara Baxodirovna Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli ta’lim maskanlarida mehnat qilib kelgan Sevara Shakirova 2012-2029 yillarda Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktabida o‘qituvchi, 2019-2022 yillarda Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda direktor o‘rinbosari, 2022-2023 yillarda Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijrochi direktor lavozimlarida ishlagan.
2023-2024 yillarda esa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida boshqarma boshlig‘i vazifasida ish olib borgan.