Dunyodan
Italiya Isroil bilan mudofaa shartnomasini bekor qildi
Italiya Isroil bilan mudofaa shartnomasini avtomatik ravishda uzaytirishni to’xtatdi. Bosh vazir Jorja Meloni jurnalistlarga Veronaga tashrifi chog’ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror “hozirgi vaziyat”ni hisobga olgan holda qabul qilingan.
“Mavjud vaziyatni inobatga olgan holda hukumat Isroil bilan mudofaa shartnomasini avtomatik ravishda uzaytirishni to‘xtatishga qaror qildi”, — dedi Meloni.
Mutaxassislarning fikricha, bu qaror Yevropa davlatlari Yaqin Sharqdagi vaziyatdan kelib chiqib Isroilga nisbatan siyosatini qayta ko‘rib chiqayotganini ko‘rsatadi.