Jamiyat

Istanbulda qidiruvdagi ayol qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Published

on


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Turkiyaning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida yirik tezkor-qidiruv tadbiri amalga oshirildi. Ushbu hamkorlik natijasida O‘zbekiston hududida jinoyat sodir etgan va qidiruvga berilgan shaxs qo‘lga olindi.

Jinoyatni fosh etishda O‘zbekiston IIV Tezkor-qidiruv departamenti hamda Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaning birinchi kotibi — ichki ishlar masalalari bo‘yicha aloqa ofitseri o‘rtasidagi samarali hamkorlik muhim ahamiyat kasb etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1981 yilda tug‘ilgan I.U. O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi bo‘yicha Namangan viloyati IIB tomonidan qidiruvga berilgan. Tezkor ma’lumotlar asosida u Turkiyaning Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlandi.

Mazkur shaxs joriy yilning 17 iyun kuni Turkiya hududida qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version