Dunyodan
Isroilning Livanga hujumi qurbonlari soni e’lon qilindi
Isroilning Livandagi hujumlarida 1500 dan ortiq odam halok bo‘ldi.
Mart oyi boshidan beri Isroil hujumlarida 1500 dan ortiq odam halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda Associated Press Livan sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib.
Jami 1530 kishi, jumladan 102 ayol va 130 bola halok bo’ldi. Livan Sog’liqni saqlash vazirligi ham Isroilning 11 askari halok bo’lganini ma’lum qildi. O‘ldirilgan Hizbulloh a’zolarining soni noma’lum. 4800 dan ortiq odam jarohat olgan.
2 mart kuni ertalab Isroil armiyasi bosh shtab boshlig‘i Eyal Zamir Hizbullohga qarshi operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Ertasi kuni Isroil qo’shinlari Livan janubiga kirdi. Isroil harbiylariga ko‘ra, Livan harakati Eron tomonida mojaroga qo‘shilgan va Isroil hududiga raketa zarbalari bergan.
Yahudiy davlati Hizbulloh nishonlariga hujum uyushtirilganini bahona qilib, Livanning 50 ta shahrini evakuatsiya qilishga chaqirdi.
Avvalroq Eron urushida 3000 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.