Dunyodan
Isroilning Livanga hujumi oqibatida 220 ga yaqin odam halok bo’ldi
Isroilning Livanga qilgan hujumlari shu paytgacha 220 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Livan Sog’liqni saqlash vazirligiga tayanib, OAV ma’lumotlariga ko’ra, dushanbadan beri Livanda Isroilning Hizbullohga qarshi hujumlari natijasida 220 ga yaqin odam halok bo’ldi.
Vazirlikning bildirishicha, hujum oqibatida 217 kishi halok bo‘lgan, 800 ga yaqin kishi jarohatlangan.
5-mart kuni 102 kishi halok bo‘ldi, 638 kishi yaralandi.
7 mart kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi operatsiyalarni boshlagani sababli Isroil Mudofaa kuchlari (IDF) va Hizbulloh o’rtasidagi janglar qayta boshlandi.