Sport

Isroil Yevropadagi futbol musobaqalaridan chetlatilishi kutilmoqda

Published

on


Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UYeFA) 23 sentyabr kuni Isroilni o‘z shafeligidagi barcha musobaqalardan chetlatadi, deya xabar beradi Israelhayom. 

Nashrning qayd etishicha, mamlakat futbol va sport doiralari UYeFA yig‘ilishini intiqlik bilan kutmoqda, unda Isroilning futboldan chetlatilishi masalasi muhokama qilinadi. Manbaga ko‘ra, hozirda ovoz beruvchi mamlakatlarning aksariyati diskvalifikatsiyani yoqlaydi. 

Ayni paytda Isroil futbol assotsiatsiyasi bu masalani kun tartibidan olib tashlash uchun bor kuchini sarflamoqda. Agar qaror qabul qilinsa, Isroil terma jamoasi JCh-2026 saralashidan, Tel-Avivning “Makkabi” klubi esa Yevropa ligasidan chetlashtiriladi. 

Avvalroq, BMTning Falastin hududi bo‘yicha mustaqil xalqaro tergov komissiyasi Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini genotsid deb tan olgan edi. Komissiya Isroil “guruh sifatida G‘azo sektoridagi Falastin xalqining reproduktiv qobiliyatini yo‘q qilganini” ta’kidladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version