Dunyodan
Isroil XQXQ razvedka boshlig’i o’ldirilganini aytdi
Isroil mudofaa vaziri Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka boshqarmasi boshlig‘i Majid Hodemi o‘ldirilganini ma’lum qildi.
“Eron yetakchilari o’zlarini nishonga olishlari kerak”, – deydi u. “Isroil ularni birma-bir tanlab olishda davom etadi.”
XQXQ ham Majid Hodemining o‘limini tasdiqladi. Eronning Tasnim agentligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u 6 aprel kuni ertalab “terror hujumi” oqibatida halok bo‘lgan.
Majid Xodemi bu lavozimga 2025-yil iyun oyida tayinlangan edi. Uning o‘tmishdoshi Muhammad Kozemi ham Isroil hujumida halok bo‘lgan edi.
Oxirgi oylarda Eronning bir necha yuqori martabali mulozimlari o‘ldirilgani xabar qilingan.