Dunyodan

Isroil va Hizbulloh kelishuvga erishdi

Published

on


Isroil va Livanning Hizbulloh harakati o’rtasida o’t ochishni to’xtatish kelishuviga erishildi. Bu haqda AQShning yuqori martabali rasmiysi ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kelishuv AQSh, Qatar va Eron ishtirokidagi muzokaralardan so‘ng ishlab chiqilgan va mahalliy vaqt bilan soat 16:00da kuchga kirgan.

Bundan avval Shveytsariyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan AQSh-Eron muzokaralari Livandagi keskinlik tufayli bekor qilingani xabar qilingandi. Tahlilchilarga ko‘ra, bu muzokaralar Hormuz bo‘g‘ozida xalqaro yuk tashishni qayta tiklash va mintaqada keng qamrovli tinchlik kelishuviga erishish uchun muhim.

Razvedka ma’lumotlariga ko’ra, Livandagi so’nggi to’qnashuvlarda havo hujumlarida 18 kishi, Hizbulloh hujumlarida esa 4 nafar isroillik askar halok bo’lgan.

“Hizbulloh”ning yuqori martabali amaldorlaridan biri Eron AQSh bilan muzokaralarni davom ettirish uchun Livanda keng qamrovli otashkesim zarurligini bildirganini ma’lum qildi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi Qoʻshma Shtatlarni Isroilning Livandagi harakatlari uchun bevosita javobgarlikda ayblab, mamlakat manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralarni koʻrishini bildirdi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version