Dunyodan
Isroil Hizbullohga qarshi kuchli hujum tayyorlamoqda
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘z armiyasiga Livandagi Hizbulloh pozitsiyalariga “kuchli zarba” berishni buyurdi. Bu haqda hukumat idoralari xabar berdi.
Qarorga Hizbulloh tomonidan sulh bitimining buzilishi sabab bo‘lgan. Guruh Isroil shimoli va Livan janubidagi Isroil harbiy kuchlariga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qilgan.
Bu voqea Isroil va Livan o’rtasidagi ziddiyat yana kuchayib borayotganini anglatadi. Hizbullohning qayta tiklanishi va Isroilning javobi mintaqada kengroq harbiy mojarolar xavfini oshiradi.
Shu bilan birga, Livan janubidagi harbiylarning mavjudligi va chegara hududlarida muntazam to‘qnashuvlar vaziyatning nazoratdan chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan asosiy omillardan biri sifatida ko‘rilmoqda.