Dunyodan
Ispaniyada uch kun ichida ikkinchi poyezd halokati
Ispaniyaning Barselona provinsiyasida 20-yanvar kuni mahalliy vaqt bilan 21:02 atrofida qulagan devor bilan to‘qnashib ketgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. El Mundo gazetasining xabar berishicha, poyezd mashinisti halok bo‘lgan.
Hodisa oqibatida kamida 37 kishi jabrlangan, ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir.
Kuchli yomg‘ir devorning qulab tushishiga sabab bo‘lib, temir yo‘l ishini to‘xtatdi. Voqea joyida qutqaruvchilar ishlamoqda.
Bu oxirgi uch kun ichida Ispaniyada ikkinchi poyezd halokatidir. 18 yanvar kuni tezyurar poyezd relsdan chiqib ketib, qarshisida kelayotgan poyezd bilan to‘qnashib ketishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi, 484 nafar yo‘lovchi jarohatlandi.