Sport
Ispaniyada kuchli start, Germaniyada fiasko. Yevropada JCh saralashi
Yevropada JCh-2026 saralashida Ispaniya, Germaniya, Fransiya va Portugaliya kabi nomdor jamoalar ham kurashga qo‘shilmoqda; turklar g‘alaba bilan boshladi, guruh bosqichini oldinroq boshlagan Qozog‘istonda navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin imkoniyat yanada pasaydi. Payshanba oqshomida Yevropa saralashida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.
A guruhi
Nemislar mag‘lubiyat bilan boshladi
Slovakiya – Germaniya 2:0
Gollar: Gansko, 42 (1:0). Strelets, 55 (2:0)
Slovakiya: Dubravka, Shatka, Shkrinyar, Gansko, Dember, Lobotka, Duda (Benesh, 90), Bero, Sauer (Bojyenik, 83), Dyurish (Rigo, 66), Strelets (Tupta, 83)
Germaniya: Baumann, Ryudiger, Ta, Mittelshtedt, Kollinz (Raum, 46), Kimmix, Shtiller (Amiri, 60), Goretska, Virs, Gnabri (Adeyyemi, 66), Voltemade
Ogohlantirishlar: Ryudiger, 61. Adeyyemi, 89. Mittelshtedt, 90
Nemislar ikkinchi daqiqadayoq burchak zarbasidan keyin gol o‘tkazib yuborishi mumkin edi. Slovakiya bu o‘yinda hech bir jabhada Germaniyadan ortda qolmasdan, nemislarning hujumlariga munosib qarshi hujumlar bilan javob qaytardi. Masalan, Virsning faqat Dubravkaning reaksiyasi tufayli gol bilan yakunlanmay qolgan chiroyli reydidan keyin amalga oshirilgan javob hujumida Ryudiger qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Mehmonlar faqat Taning o‘zini zarba yo‘liga tashlashi tufayli goldan qutulib qoldi. Ammo yakunda baribir nemislar himoyasidagi zaif nuqta pand berdi. Yulian Nagelsmann tanaffusdayoq 21 yoshli debyutant Kollinzni zaxiraga oldi. Birinchi bo‘lim davomida uning qanotida tez-tez tahlikali vaziyat yuzaga kelgandi va Hanskoning goli ham shu qanotdan boshlangan hujum natijasida urildi. Unga assistentlik qilgan Strelets esa ikkinchi bo‘lim boshida amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Avvaliga Dubravka Goretskaning xavfli zarbasini qaytardi, javob hujumida Strelets finti bilan Ryudigerning boshini aylantirib tashladi va aylanma zarbasi bilan to‘pni olis «to‘qqizlik»ka joylashtirdi. Germaniya milliy jamoasi o‘yinning 70 foiz vaqtida to‘pga egalik qilishdi, ammo bu gol olib kelmadi. Bratislavadagi o‘yin nemislar JCh saralashini ilk bor mag‘lubiyat bilan boshlagan o‘yin sifatida tarixga kirdi. Bundan tashqari, Germaniya JCh saralashlarida safar o‘yinlarida 52 o‘yin davom etgan mag‘lubiyatsiz seriyasini to‘xtatdi. Aftidan, Yulian Nagelsmanni oldinda ko‘p ish kutmoqda.
Lyuksemburg – Shimoliy Irlandiya 1:3
Gollar: Rid, 7 (0:1). Dardari, 30 (1:1). Sh. Charlz, 46 (1:2). Devenni, 70 (1:3)
Aniq ijro etilmagan penalti: Prays, 7
Lyuksemburg: Mori, Korats, Maxmutovich, Karlson, Yans, Olesen (Duarte, 89), Moreyra (Borjyes Sanshes, 65), Barreyru, Bonert (Pintu, 81), Sinani, Dardari (Muratovich, 81)
Shimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, Makneyr (Sevill, 84), Toal (Makkonvill, 77), Hyum, Gelbreyt, Makkann, Sh. Charlz, Devenni, Bredli (Donli, 77), Rid (Marshall, 69), Prays (D. Charlz, 84)
Ogohlantirishlar: Korats, 6. Bonert, 34. Sinani, 45 – Makkann, 18
Chetlatish: Korats 66 (ikkinchi sariq)
7 sentabr. Germaniya – Shimoliy Irlandiya, Lyuksemburg – Slovakiya
E guruhi
Barqaror Oyyarsabal
Bolgariya – Ispaniya 0:3
Gollar: Oyyarsabal, 5 (0:1). Kukurelya, 30 (0:2). Merino, 38 (0:3)
Bolgariya: Vutsov, Dimitrov, Tsenov, Nyurnberger (Bojinov, 62), Nedyalkov, Panayotov (Petkov, 46), Gruyev, Chochev (Milanov, 81), Kirilov (Minchev, 72), Minkov, Kolev (Nikolov, 71)
Ispaniya: Simon, Le Norman (Kubarsi, 46), Hausen, Kukurelya, Porro (Karvahal, 62), Subimendi (Rodri, 62), Pedri, Merino, Uilyams (Olmo, 71), Yamal (Rodriges, 79), Oyyarsabal
Ogohlantirish: Le Norman, 39
Yevropaning amaldagi chempionlari saralash siklini juda kuchli boshlab, safardagi o‘yinning birinchi bo‘limidayoq bolgarlar darvozasiga uchta gol yo‘lladi. Ispaniyaning 2025 yildagi eng sermahsul futbolchisi Oyyarsabal (4+2) 5-daqiqadayoq hisobni ochdi. Uning «Real Sosedad»dagi sobiq jamoadoshi, shu yozda «Arsenal»ga o‘tgan Subimendi uni golli pas bilan ta’minladi. Keyin esa Yamal katta sahnaga chiqdi. U o‘zi gol urmadi, lekin barcha gollarda ishtirok etdi. Birinchi gol ham uning qanotida boshlangan hujum yakunida urilgandi, bo‘lim o‘rtalaridan o‘tganda Laminning uzatmasidan keyin Kukurelya to‘pni darvozaga mixlab qo‘ydi, biroz o‘tib u burchakdan oshirgan to‘pni «Real Sosedad»dan «Arsenal»ga o‘tgan yana bir futbolchi Merino o‘z uslubida to‘rga joyladi. Shundan keyin Luis de la Fuente shogirdlari ikki kundan keyin Turkiyada kechadigan o‘yin uchun kuch tejash maqsadida tejamkor rejimda o‘ynashga o‘tdi, ammo shundan keyin ham mezbonlar darvozasi oldida ketma-ket xavfli vaziyatlar yaratildi (Merinoning yana bir zarbasi darvoza to‘siniga bordi). Payshanba oqshomidagi e’tiborga molik voqealardan biri «qizil furiya» safida 19 yoshli Xesus Rodriges debyut qilishi bo‘ldi, o‘tgan mavsumda «Betis» safida porlagan ushbu yosh futbolchi yozda 22,5 mln yevro evaziga «Komo»ga transfer qilindi.
Gurjiston – Turkiya 2:3
Gollar: Mert Muldur, 3 (0:1). Karim Oqturko‘g‘li, 41 (0:2). Karim Oqturko‘g‘li, 52 (0:3). Davitashvili, 63 (1:3). Kvaratsxeliya, 90+8 (2:3)
Gurjiston: Mamardashvili, Kashiya, Goglichidze, Lochoshvili (Azarov, 69), Kakabadze (Gocholeishvili, 85), Kochorashvili, Mekvabishvili (Guliashvili, 81), Davitashvili, Tsitaishvili (Gagnidze, 46), Kvaratsxeliya, Mikautadze
Turkiya: Ugurjan Chaqir, Merix Demiral, Abdulkarim Bardakchi, Eren Elmali, Mert Muldur, Hoqon Chalxono‘g‘li, Ismail Yukshek (Orxon Ko‘kchi, 46), Arda Guler (Irfan Qahvachi, 86), Kenan Yildiz (Ferdi Kadio‘g‘li, 79), Yunus Oqgun (Barish Yilmaz, 66), Karim Oqturko‘g‘li (Og‘uz Oydin, 66)
Ogohlantirishlar: Lochoshvili, 39. Kakabadze, 40. Kochorashvili, 73. Mikautadze, 90 – Ismail Yukshek, 21. Kenan Yildiz, 74. Hoqon Chalxono‘g‘li, 90
Chetlatish: Barish Yilmaz, 71
Gurjiston va Turkiya muxlislarni gollarga boy futbol bilan xushnud etishdi. Mezbonlar ikkinchi bo‘lim boshiga kelib 0:3 hisobida ortda qolayotgandi. Mert Muldur 3-daqiqadayoq burchakdan oshirilgan to‘pni darvozaga yo‘llab hisobni ochgandi, keyin esa Karim Oqturko‘g‘li dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘lim davomida mezbonlar kambek amalga oshirishiga sal qoldi – avvaliga Zuriko Davitashvili hisobni qisqartirdi. U maydon markazida hujumni boshlab berdi va jamoadoshining zarbasidan keyin ustundan qaytgan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. Biroz o‘tib turklar hujumchisi Barish Yilmash maydonga tushganidan besh daqiqa o‘tib raqib oyog‘iga butsasining ostki qismi bilan tepib, qizil kartochka olishi gurjistonliklarning ishini osonlashtirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda Xvicha Kvaratsxeliya ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, ammo Villi Saniyol shogirdlari uchinchi golni ura olishmadi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan 11-daqiqada Davitashvili yo‘llagan kuchli zarbani darvozabon qaytarib qoldi.
7 sentabr. Gurjiston – Bolgariya, Turkiya – Ispaniya
G guruhi
Gollandlarda ilk yo‘qotish
Niderlandiya – Polsha 1:1
Gollar: Dyumfris, 28 (1:0). Kesh, 80 (1:1)
Niderlandiya: Verbryuggen, van Hekke (de Vrey, 87), van Deyk, van de Ven, Dyumfris, Reynders (Timber, 83), de Yong (Klyuyvert, 83), Gravenberh, Gakpo, Simons (Veghorst, 78), Depay (Malen, 78)
Polsha: Skorupski, Visnevski (Kendzera, 83), Bednarek, Kiver, Kesh, Zelinski (Kapustka, 71), Slish, Shimanski (Grositski, 71), Zalevski (Vsholek, 71), Kaminski, Levandovski (Sviderski, 63)
Tanaffus arafasida Ronald Kuman tabassumini yashira olmayotgandi. Uning iyun oyidagi ikki o‘yinda javobsiz o‘nta gol urgan shogirdlari bu safar Polshani ham mag‘lub etayotgandi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida to‘purar himoyachi Dyumfris Depay amalga oshirgan burchak zarbasidan keyin bosh bilan aniq zarba yo‘lladi. Polyaklarga esa Levandovskining jamoaga qaytishi aytarli yordam bermadi. U bosh murabbiy Mixal Probej bilan bahslashib qolganidan keyin sardorlik bog‘ichidan mahrum etilgan va jamoaga chaqirilmay qo‘ygandi. Ammo yozdagi muvaffaqiyatsiz o‘yinlardan keyin murabbiy iste’foga chiqdi, yangi bosh murabbiy Yan Urban esa jamoa to‘purarini safga qaytardi.
Tanaffusdan keyin esa «to‘qsariqranglilar» kuladigan holatda emasdi. Mezbonlar hisobdagi ustunlikni saqlashda davom etishdi va ikkinchi gol vaqt masalasi bo‘lib ko‘rinayotgandi. Mehmonlar esa yetakchilarini almashtirdi — jarohatdan keyin formasini to‘liq tiklamagan Levandovski, Zelinski va Shimanski zaxiraga olindi. Shunga qaramay, Polsha Keshning mahorati evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Ushbu himoyachining zarbasi «to‘qqizlik»ka aniq bordi. Niderlandiyaning saralash bosqichidagi ilk ochko yo‘qotishidan keyin guruhda uchta jamoadagi ochkolar soni bir xil – 7 tadan bo‘lib turibdi, lekin Niderlandiyaning zaxirada bir o‘yini bor, polyaklar va finnlarda esa o‘zaro o‘yin kutmoqda – ulardan qaysi biridir (yoki ikkisi ham) ochko yo‘qotishi muqarrar.
Litva – Malta
Gollar: Satariano, 83 (0:1). Gineytis, 90+7 – penalti (1:1)
Litva: Gertmonas, Utkus, Girdvaynis, Tutishkinas, Upstas (Kalinauskas, 68), Vorobev (Yansonas, 76), Sirgedas (Golubikas, 68), Gineytis, Doljnikov (Yankauskas, 46), Lasitskas, Paulauskas
Malta: Bonello, Shou, Pepe, Birman (Korbalan, 46), Muskat, Payber (Grech, 64), Satariano, P. Mbong (Overend, 74), Shuaref, D. Mbong (Jons, 74), Kardona (Atssopardi, 86)
Ogohlantirishlar: Tutishkinas, 35. Doljnikov, 45. Vorobev, 48. Utkus, 65 – Satariano, 12. P. Mbong, 26. Shou, 43. Birman, 45. Muskat, 90. Grech, 90
Chetlatishlar: Atssopardi, 90. Utkus, 90 (ikkinchi sariq)
7 sentabr. Litva – Niderlandiya, Polsha – Finlandiya
Qozog‘istonning imkoniyati pasaymoqda
Foto: Turar Kazangapov/AP/TASS
Qozog‘iston – Uels 0:1
Gol: Mur, 24 (0:1)
Qozog‘iston: Anarbekov, Maliy, Alip (Jaksibayev, 81), Qosim, Orazov (Mujikov, 86), Kasabulat, Vorogovskiy, Kairov, Kenjyebek (Chesnokov, 65), Satpayev (Omirtayev, 87), Samorodov (Jumat, 86)
Uels: Darlou, Devis, Loulor, Mefam (Kabango, 86), Uilson, Kallen (J. Jyeyms, 77), Shixan, Uilyams, Tomas (Bruks, 77), Jonson (D. Jyeyms, 65), Mur (Harris, 65)
Ogohlantirishlar: Maliy, 80 – Uilyams, 90
«Qayrat» Chempionlar ligasiga chiqishi ortidan Qozog‘istonda yana bir bayram bo‘lmaydigan bo‘ldi, holbuki ikkinchi bo‘lim davomida mezbonlar kamida bir ochkoga loyiq o‘yin ko‘rsatishgandi. Birgina Kenjyebekning o‘zida uchta xavfli vaziyat bo‘ldi, uning zarbalaridan biri to‘singa tegdi. Mezbonlarda vaziyatlar yetarlicha edi, lekin Samorodovning yaqin burchakka yo‘llagan zarbasini ham darvozabon qaytarib qoldi. O‘yinga qo‘shib berilgan oltinchi daqiqada esa Mujikovning jarimadan yo‘llagan kuchli zarbasi ustunga bordi. Ostonada o‘tgan o‘yin taqdirini mehmonlar birinchi bo‘lim o‘rtalarida standart vaziyatdan urgan yagona gol hal qildi, «Seltik»ka qarshi o‘yin qahramoni Anarbekov Kallenning murakkab zarbasini qaytargandi, ammo himoyachilar shu kuni milliy jamoada debyut qilgan darvozabonga yordam bermadi va Mur qaytgan to‘pni darvozaga kiritishiga qarshilik ko‘rsatishmadi. Payshanba oqshomida «ajdarlar» safida yubiley 50-o‘yinini o‘tkazgan tajribali forvard Uels guruhda birinchi o‘ringa olib chiqdi. O‘yin davomida 14 bor zarba yo‘llaganiga qaramay, birorta gol urolmagan Qozog‘iston esa uchinchi mag‘lubiyatini qabul qildi va endi ikkinchi o‘rindagi jamoadan besh ochkoga ortda qolmoqda.
Lixtenshteyn – Belgiya 0:6
Gollar: De Keyper, 29 (0:1). Tilemans, 46 (0:2). Teat, 60 (0:3). De Bryuyne, 62 (0:4). Tilemans, 70 – penalti (0:5). Fofana, 90+1 (0:6)
Lixtenshteyn: Byuhel, Traber, Xofer, Malin, Zele (A. Xasler, 63), Lyuxinger (F. Volfinger, 84), N. Xasler (Tsyund, 84), Geppel, S. Volfinger (Mayyer, 76), Lyuk-Notaro, Saglam (Pitssi, 63)
Belgiya: Kurtua, Debast, Teat, De Keyper (Kastan, 67), Mene (Moreyra, 79), Tilemans, Vanaken, De Breyne (Trossar, 67), Doku (De Ketelare, 61), Fofana, Openda (Salemakers, 61)
Ogohlantirishlar: S. Volfinger, 16. A. Xasler, 69
Guruh jadvalida hozircha uchinchi o‘rinda turgan Belgiya (jamoa ishtirokini faqat yozda boshlagan va kamroq o‘yin o‘tkazgan) esa autsaydarga qarshi o‘yinda hech qanday muammoga uchramadi. Lixtenshteyn birinchi bo‘limda munosib qarshilik ko‘rsatdi va birgina gol o‘tkazish bilan cheklandi, ammo ikkinchi bo‘limda mezbonlar himoyasi parokanda bo‘lib ketdi. Yuri Tilemans dubl rasmiylashtirdi. Birinchi golni olis masofadan ajoyib zarba yo‘llab, ikkinchisini penaltini aniq ijro etish orqali urdi. Shu kuni Tibo Kurtua va Kevin De Bryuyne maydonda ekaniga qaramay, aynan Yuri sardorlik bog‘ichida jamoani boshlab tushgandi. Shu yozda APLga o‘tgan Maksim De Kyuyper esa «gol+pas» bo‘yicha 2 (1+1) ochko ishladi. O‘yinga yakuniy nuqtani «Lion»da mavsumni kuchli boshlagan 20 yoshli Fofana qo‘ydi – 6:0.
7 sentabr. Qozog‘iston – Lixtenshteyn, Belgiya – Shimoliy Irlandiya.