Jamiyat
Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga bir martalik yordam puli berilishi boshlandi
Moddiy yordam olish uchun arizalar 1 oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.
Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi
O‘zbekistonda isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga beriladigan 1 million so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati ma’lum qildi.
“Prezidentning 2025 yil 1 maydagi PQ–134-son qaroriga muvofiq, noyabr oyida har bir ehtiyojmand oilaga 1 million so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi boshlandi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, moddiy yordam olish uchun arizalar 1 oktyabrgacha qabul qilingan bo‘lib, ular “Mahalla yettiligi” tomonidan ko‘rib chiqilib, ma’qullangan.
Avvalroq isitish mavsumida tabiiy gaz bo‘yicha bazaviy me’yor oshirilgandi.