Siyosat

«Ishonchni himoya qilish» tamoyili va davlat bojini qaytarish: Tadbirkorlar va fuqarolar kafolati

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti imzolagan qonunga ko‘ra, sud-huquq islohotlari doirasida fuqaro va tadbirkorlarning mulkiy va huquqiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgan muhim tamoyillar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Quyida ularning bir nechtasi keltiriladi:

Agar shaxs davlat organining hujjatiga ishonib, o‘z majburiyatlarini to‘liq bajargan bo‘lsa (masalan, ajratilgan yer va binoda investitsiya majburiyatini bajargan bo‘lsa), mazkur hujjat keyinchalik arzimagan bahonalar bilan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin emas.

Bunda istisno holatlar ya’ni hujjat faqat shaxs o‘z majburiyatini lozim darajada bajarmaganda yoki jamoat manfaatiga real tahdid solingandagina bekor qilinishi mumkin.

Qarzdorga nisbatan to‘lovga qobiliyatsizlik (bankrotlik) ishi qo‘zg‘atilgani sababli kreditorning da’vosi ko‘rib chiqilmay qolsa, u oldindan to‘lagan davlat boji to‘liq qaytarib beriladi.

Endilikda halol investorlar va tadbirkorlar o‘z majburiyatlarini bajargandan so‘ng arzimagan kamchiliklar sababli mol-mulki yoki yer maydonidan ayrilib qolish xavfidan himoyalanadi. Shuningdek, sudda ishi ko‘rib chiqilmagan tadbirkorlarning behuda pul yo‘qotishining oldi olinib, ularning moliyaviy resurslari muhofaza qilinadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version