Dunyodan

Iroq g‘arbida AQShning yonilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirildi

Published

on


Iroq g‘arbida AQShning KC-135 yonilg‘i quyuvchi samolyoti urib tushirildi va bortdagi olti kishi halok bo‘ldi.

Yana bir KC-135 shikastlangan, biroq ekipaj samolyotni Isroilga xavfsiz qo‘ndirishga muvaffaq bo‘lgan.

KC-135 havoda yoqilg’i quyish uchun asosiy samolyotdir. Yoqilg’i B-52 bombardimonchi, F-15 va F-35 qiruvchi samolyotlariga uzunligi 14 metrgacha bo’lgan teleskopik bomlar orqali uzatiladi. Samolyot bir reysda 90 tonnagacha yoqilg‘i tashishga qodir. Ushbu ulkan qurilma taxminan 25 million dollar turadi.

Pentagon tanker samolyoti o‘z samolyoti tomonidan urib tushirilgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminlarni rad etdi. Bu “Epic Fury” operatsiyasi davomida yo‘qolgan to‘rtinchi Amerika samolyotidir.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, samolyot iroqlik shia guruhlari tomonidan raketa bilan urib tushirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version