Jamiyat

IQAir Toshkent havosi sifati haqida ma’lumot berdi

Published

on


14-mart kuni Toshkentda havo sifati salomatlik uchun zararli darajaga yetdi.

IQAir platformasidagi real vaqt ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da poytaxtdagi havo sifati indeksi 151 AQIni tashkil etgan va u «Unhealthy» – zararli toifasida baholangan. Asosiy ifloslantiruvchi modda PM2.5 bo‘lib, uning konsentratsiyasi 55,5 mkg/m³ qayd etilgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik tavsiya etilgan ko‘rsatkichidan 11,1 barobar yuqori.

IQAir ma’lumotida Toshkent uchun havo ifloslanishi bo‘yicha ehtiyot choralari ham keltirilgan. Jumladan, ochiq havoda jismoniy faollikni cheklash, derazalarni yopib turish, tashqarida niqob taqish va xona ichida havo tozalash uskunalaridan foydalanish tavsiya etilgan.

O‘zgidrometning atmosfera havosi monitoringi platformasiga ko‘ra, O‘zbekistonda kuzatuvlar 26 shahardagi 66 ta statsionar post va 23 ta avtomatik stansiya orqali olib boriladi. Kuzatuvlar mahalliy vaqt bilan kuniga uch marta – 07:00, 13:00 va 19:00 da amalga oshiriladi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version