Dunyodan
Iordaniya amerikalik askari Eron hujumida halok bo’ldi: Prezident Trampning javobi
Eronning Iordaniyadagi bazaga uyushtirgan hujumi oqibatida ikki amerikalik askar halok bo‘ldi. AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning Iordaniyaga hujumi oqibatida ikki amerikalik harbiyning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
“Bu juda achinarli. Buni tushunish biz uchun qiyin. Lekin ular bizning vatanimiz uchun halok bo‘ldilar”, – dedi Tramp NewsNation nashriga.
AQSh prezidenti Eronning anglashuv memorandumi bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatgani haqidagi bayonotidan xavotirda emasligini aytdi. Shuningdek, u Eronning yadro quroliga ega bo‘lishiga hech qachon yo‘l qo‘ymasligini yana bir bor ta’kidladi.
18-iyul kuni Eron Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga raketa va uchuvchisiz samolyotlardan foydalangan. Ikki amerikalik harbiy halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari yaralandi. Bir kishi bedarak yo‘qolgan.