Jamiyat
Interpol o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi
Qo‘lga olinganlar tergov organlariga topshirilgan.
Interpolning Toshkent va Abu-Dabi shaharlaridagi Milliy markaziy byurolarining hamkorligi, va O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining Dubaydagi Bosh konsulxonasi huzuridagi vakilining ko‘magi natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslar O‘zbekistonning huquqni muhofaza qiluvchi organlariga topshirildi.
Ushbu fuqarolar o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik jinoyatini sodir etganliklari uchun qidiruvga berilgandi.
Xorijiy hamkorlar va O‘zbekiston tomonining kelishilgan sa’y-harakatlari tufayli qidiruvdagi shaxslar mamlakatga olib kelindi.
Qo‘lga olinganlar zarur protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun tergov organlariga topshirilgan.