Jamiyat

Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi

Published

on


Bu Interpol Toshkent va Vilnyus Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ekstraditsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikdagi ilk tajribasi hisoblanadi.

Litvadan Interpol kanallari orqali qidirilayotgan shaxs O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda Interpolning Milliy markaziy byurosi (MMB) xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro Jinoyat kodeksining «firibgarlik» moddasi bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Interpol kanallari ushbu shaxsning Litva hududida ekani aniqlangan. U o‘sha yerda ushlanib, ekstraditsiya tekshiruvi uchun qamoqqa olingan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasining iltimosnomasini qanoatlantirgandan so‘ng, Litva tomoni jinoyatchini ekstraditsiya qilish va uni sodir etgan jinoyati uchun jazo tayinlash maqsadida topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Toshkent xalqaro aeroportda qidiruvda bo‘lgan shaxs Interpol Milliy markaziy byurosining O‘zbekistondagi vakillari tomonidan respublika huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga topshirilgan.

Bu Interpol Toshkent va Vilnyus Milliy markaziy byurolari o‘rtasida ekstraditsiya jarayonini amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikning ilk tajribasi hisoblanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version