Iqtisodiyot

inflatsiya 7,3 foiz, real daromadlar 9,2 foizga o‘sdi

Published

on


2025 yilda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari ijobiy o‘sish sur’atlarini namoyon etdi. Jumladan, yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga, qurilish 14,2 foizga, bozor xizmatlari 14,7 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘sish bilan qayd etilgan.

Jumladan, 2026 yil 1 yanvar holatiga doimiy aholi soni 38 236,7 ming kishini tashkil etdi. 2026 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda 474 899 ta korxona va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda iste’mol narxlari indeksi 107,3 foiz bo‘lgan. Yalpi ichki mahsulot hajmi 7,7 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,8 foizga o‘sgan.

Qurilish ishlari hajmi 14,2 foizga, chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 11,2 foizga oshgan. Bozor xizmatlari hajmi esa 14,7 foizga ko‘paygan.

Tashqi savdo aylanmasi hajmi 20,7 foizga o‘sgani qayd etilgan. Shu bilan birga, eksport hajmi 24 foizga, import hajmi 18,5 foizga oshgan.

Shuningdek, qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi 4,4 foizga o‘sgan. Aholining real umumiy daromadlari esa 9,2 foizga ko‘paygan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version