Dunyodan

Indoneziyada ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi

Published

on


Indoneziya g‘arbida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi, 82 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi (CCTV) mamlakatning tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy boshqarmasiga tayanib xabar berdi.

Bandung g‘arbidagi G‘arbiy Yava provinsiyasida ko‘chki sodir bo‘lib, kuchli yomg‘irdan keyin kichik bir qishloqni butunlay vayron qildi. Vazirlik rahbari Abdul Muhariyning aytishicha, “Yo`qolganlar soni ko`p. Qidiruv-qutqaruv ishlarini tezlashtirish uchun harakat qilamiz.”

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning dekabr oyida Markaziy Yavada ikki marta ko‘chki sodir bo‘lib, 30 kishi halok bo‘lgan, 40 kishi bedarak yo‘qolgan edi. 2 dekabr kuni rasmiylar suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli 753 kishi halok bo‘lgan, 526 kishi bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version