Dunyodan

Indoneziyada bolalarga qaratilgan ijtimoiy tarmoqlar taqiqlandi.

Published

on


Indoneziya hukumati 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ko‘plab ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashini ma’lum qildi.Bu haqda mamlakat aloqa va raqamli texnologiyalar vaziri Meutiya Xafid ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 28 martdan boshlab hukumat tomonidan “yuqori xavfli” deb topilgan platformalardagi 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning akkauntlari o‘chirib tashlanadi.

Ushbu taqiq quyidagi platformalar uchun amal qiladi:

YouTube TikTok Facebook Instagram Thread X Bigo Live Roblox

Vazirning aytishicha, bu qaror bolalarni internet xatarlaridan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

“Farzandlarimiz tobora ortib borayotgan real xavf-xatarlarga duch kelmoqda. Pornografik kontent, kiberbulling, onlayn firibgarlik va internetga qaramlik bizning eng katta tashvishimizdir”, dedi u.

Hafidning ta’kidlashicha, bu qaror Indoneziyani yoshga qarab raqamli makonlarga kirishni cheklaydigan birinchi g’arbiy bo’lmagan davlatga aylantiradi.

2023-yilda chop etilgan UNICEF tadqiqotiga ko‘ra, Indoneziyada so‘rovda qatnashgan 510 nafar bolaning deyarli yarmi ijtimoiy tarmoqlarda jinsiy tasvirlarga duch kelganini aytgan.

Shu bilan birga, mamlakatda pornografik materiallarni tarqatuvchi saytlar allaqachon taqiqlangan.

Eslatib o’tamiz, 2024 yilning dekabr oyida Avstraliyada ham 16 yoshgacha bo’lganlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlangan edi. Ispaniya ham shunga o’xshash choralarni ko’rib chiqmoqda va Buyuk Britaniya bu masala bo’yicha jamoatchilik bilan maslahatlashishni boshladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version