Dunyodan

Ilon Mask boyligi 600 milliard dollar bo‘lgan birinchi milliarderga aylandi

Published

on


SpaceX asoschisi Ilon Mask boyligi 600 milliard dollarga yetgan birinchi odam bo‘ldi, deb yozadi Forbes.

Nashrning ta’kidlashicha, Mask dunyodagi birinchi trillioner bo’lish yo’lida yana bir katta qadam tashlagan. Dekabr oyi o‘rtalarida SpaceX o‘zini 800 milliard dollarga baholadi (avgustdagi 400 milliard dollardan). Bu haqda milliarderlar ro’yxatini tashkil etuvchi Forbes va Bloomberg nashrlari yozgan. Baholash SpaceX’ning 2026 yilgi IPO’si oldidan amalga oshirildi, bu tarixdagi eng yirik IPO bo‘lishi kutilmoqda.

Yuqoridagi baho SpaceX aksiyalarining qariyb 42 foiziga egalik qiluvchi Maskning boyligini 168 milliard dollarga oshirib, uning umumiy aktivlarini 677 milliard dollarga yetkazdi. Uning SpaceX aktsiyalaridagi ulushi 336 milliard dollarga baholanmoqda.

Bundan tashqari, Ilon Mask Tesla aksiyalarining 12 foiziga (197 milliard dollar) egalik qiladi va uning sho‘ba korxonasi xAI Holdings (Grok Chatbot) 230 milliard dollarga baholanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version