Mahalliy

Ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi

Published

on


Ilk rivojlanish markazlari tashkil etiladi. 

Hukumat qarori (439-son, 14.07.2025 y.) bilan “Ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

Markazlar 3–6 yoshli bolalarni, xususan, kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.

Markazlar quyidagi 2 ta model asosida faoliyat ko‘rsatadi:

– maxsus maktabgacha ta’lim xizmati modeli – pedagoglar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning 2–7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;

– o‘yin guruhi modeli – 3–6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5–4 soat) guruh.

Markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi huzurida tashkil etiladi.

Markazlarga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona to‘lovi undirilmaydi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version